TOShKENT, 28-may – Sputnik. Mudofaa vazirligining “Rossiya armiyasi” do‘konlar tarmog‘i va repper Timati bilan hamkorlikda harbiy uslubda liboslar to‘plamini tayyorlashdi.
Mudofaa vazirligi milliy markazida erkak, ayol va bolalar uchun mo‘ljallangan kiyimlar namoyish qilindi.
Erkak va ayollar uchun shimlar, kalta shimlar, futbolkalar, kombinezonlar namoyish qilindi. Barcha to‘plamlar harbiy forma - xaki, qum kamuflyaj va qora ranglarida ishlangan.
Timatining so‘zlariga ko‘ra, barcha liboslar yuqori texnologik, suvga chiqdamli va juda qimmat materiallardan tayyorlagan.
Taqdimot marosimida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham ishtirok etdi. Timati unga maxsus dizayn asosida tikilgan armiya kurtkasini sovg‘a qildi.