Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq yanada kengayishi mumkin - Medvedev

Rossiya bosh vazir Dmitriy Medvedev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq kengayishi mumkinligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28-may – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyuda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi kengayishi mumkinligini ma’lum qildi.  

 “Bizda ochiq ittifoq, hozir kuzatuvchilar paydo bo‘ldi, ehtimol tarkib yanada kengayishi mumkin”, - dedi Rossiya hukumati rahbari.

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, YeOII bilan hamkorlik qilishga 100 ta mamlakat qiziqish bildirmoqda.

 

YeOII – bu yagona 108 million iste’molchilarni o‘z ichiga olgan bozordir. Bugungi kunda juda muhim xalqaro o‘yinchilar – Singapur, Isroil, Hindiston bilan muzokaralar olib borilmoqda.

YeOII va Vyetnam o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risida bitim mavjud. Shuningdek, Eron va Xitoy bilan hujjatlar imzolangan.

“Integratsiyaning yutuqlari aniq, ishonchim komil ittifoq samarasi yanada yuqori bo‘lishi kerak. Albatta sheriklarimiz bilan ushbu yo‘nalishda ishlaymiz”, - deb qo‘shimcha qildi Medvedev.  

Eslatib o‘tamiz, 29-may kuni Nur-Sultonda Yevroosiyo ittifoqini tashkil etish to‘g‘risida bitimni imzolanganiga 5-yil to‘lishi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkaziladi.  

Tadbirda Yelbasi Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Armeniya bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etadi.

Shuningdek, yig‘ilishda YeOIIda kuzatuvchi davlat sifatida - Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev faxriy mehmon sifatida qatnashadi.