TOShKENT, 27-may – Sputnik. Joriy yil 25-may kuni Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” saroyida 2019-yil bitiruvchilari uchun konsert dasturi tashkil qilindi.
Bu haqda “O‘zbekonsert” matbuot xizmati xabar qildi.
“Dasturning eng kulminatsion nuqtasi bu albatta, avvaldan e’lon qilingan rossiyalik xonanda Maksimning chiqishi bo‘ldi. Uning qo‘shiqlarini bitiruvchilar qo‘shilishib kuylashdi”, - deyilgan xabarda.
Mazkur dasturda ko‘plab o‘zbek estrada yulduzlari qatnashishdi.