Samarqanddagi transportlarda Visa kartalari orqali yo‘lkira to‘lovlari ishga tushirildi

Samarqand shahridagi TEZCARD tizimiga jami 500 ga yaqin avtobus va tramvay ulangan.
Sputnik

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Visa kartalarining egalari Samarqand shahridagi jamoat transportida yo‘lkira to‘lovlarini TezCard tizimi orqali amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Farg‘ona avtobuslarida yangi to‘lov tizimi joriy etildi

Xabarda yozilishicha, buning uchun ular o‘z Visa kartalarini TezCard  terminali — validatoriga tekkizishlari kifoya qiladi.

“Ushbu innovatsion yechim, Visa  global to‘lov texnologik kompaniyasi va Orient Finans Bank bilan yaqin hamkorlikda erishilgan bo‘lib, O‘zbekiston tarixida butun bir shaharning jamoat transporti kabi keng ko‘lamli va perspektiv yo‘nalishni qamrab oluvchi ilk loyiha bo‘lmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Samarqand shahridagi TezCard tizimiga jami 500 ga yaqin avtobus va tramvay ulangan. TezCard kartalari esa shaharning turli joylaridagi 15 savdo nuqtalarida sotib olish imkoni joriy qilingan.