Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoiy ish ochildi

Potr Poroshenko sud hokimiyatini noqonuniy olib qo‘yishda ayblanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Ukrainada Potr Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atildi.  Bu haqda sobiq prezident Viktor Yanukovich administratsiyasining sobiq boshlig‘i o‘rinbosari yurist Andrey Portnov xabar qildi.

Yangi kun – yangi jinoiy ish: Poroshenkoga qarshi uchinchi ish ochildi

Bu safar Poroshenko sud hokimiyatini noqonuniy olib qo‘yishda (uzurpatsiya) ayblanmoqda.

Bu mamlakatning sobiq rahbariga qarshi to‘rtinchi ish bo‘ladi. Bundan avval Poroshenkoga qarshi “Kuznya na Ribalskom” zavodini sotishda 300 million dollarni qonuniylashtirish holati, “Sentrenergo” OAJda lavozimlarni taqsimlashdagi harakatlar hamda davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgandi.