Habib Nurmagomedov otasi bilan kurash tushdi - video

Internetda Habib va Abdulmanop Nurmagomedovlar birgalikda mashq o‘tkazish jarayoni aks etgan video paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 27-may – Sputnik. UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes ijtimoiy tarmoqda video joylashtirdi. Unda chempion otasi Abdulmanop Nurmagomedov bilan mashq jarayoni aks etgan.

Mendes Nurmagomedov otasi bilan sparring tasvirga olingan videoni joylashtirdi.

“U aytdiki, yana bir bor harakat qiladi, biroq natija o‘sha bo‘ladi, chunki Habib eng ulkan to‘siq – otasi Abdulmanopga qarshi kurashmoqda”, - deb yozgan Mendes.

Bundan avval Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy Abdulmanop Nurmagomedov kurash bo‘yicha ayollar terma jamoasida masalahatchi bo‘lib ishlashi ma’lum bo‘ldi.