Katta janjaldan so‘ng Kseniya Sobchak O‘zbekistonga keldi

O‘zbekistonliklar bilan bo‘lgan janjaldan so‘ng bir qancha vaqt o‘tib, Kseniya Sobchak O‘zbekistonga tashrif buyurishga ahd qilgan ko‘rinadi. Hozirda teleboshlovchi Samarqand ko‘chalarida kezmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 27-may - Sputnik. Kseniya Sobchak Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda teleboshlovchi va bloger o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Sobchak Samarqanddagi jahonga mashhur va O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob yodgorligi bo‘lgan Go‘ri Amir maqbarasiga tashrif buyurdi.

Katta janjaldan so‘ng Kseniya Sobchak O‘zbekistonga keldi

“O‘zgacha kuch-quvvat”, - deya yozgan u.

Katta janjaldan so‘ng Kseniya Sobchak O‘zbekistonga keldi

Shuningdek, Kseniya Sobchak bir necha savdo rastalarini aylanib, o‘ziga so‘zana xarid qildi.

Katta janjaldan so‘ng Kseniya Sobchak O‘zbekistonga keldi

Sobchak joylashtirgan suratlardan uning Samarqand Registonidagi noyob yodgorlik va o‘ziga xos Tillaqori madrasasiga ham tashrif buyurganini payqash qiyin emas.

Rossiyalik teleboshlovchining O‘zbekistonga nima maqsadda kelgani hozircha ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy "Dojd" telekanalida Kseniya Sobchak bilan suhbatida o‘zbekistonliklar Pushkinni tanimasliklarini iddao qilgan edi.

O‘zbekistonliklar esa o‘z navbatida ularning “O‘zbekistonda hech kim Pushkinni tanimaydi”, degan so‘zlariga munosib ravishda javob qaytarishgan edi.

Internet foydalanuvchilaridan biri Kseniya Sobchak va Alekseya Navalniyni O‘zbekistonga mehmon bo‘lish kelishga taklif qilib, insonlar bu yerda qanday hayot kechirishlarini ko‘rsatishini va’da qilgan edi.

Eh, Pushkin, Pushkin!

Ehtimol, Kseniya Sobchak maslahatlarga quloq solgan, yana kim bilsin.