Tadbirga xalqaro toifadagi hakam Vacheslav Vinogradov va Ko Yung Djan taklif etildi, shuningdek, AFBF prezidenti Ochir Gaanbatar ham qatnashdi.
Sputnik Qozog‘iston yozishicha, xalqaro musobaqada oltita - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘onistondan sportchilar qatnashdi. Musobaqaga 150 dan ortiq sportchi dastlabki buyurtmalarini berdi.
Musobaqa sovrinlari oltita toifa bo‘linib, ularda o‘smirlar, katta yoshdagilar, erkak va ayollar qatnashdi.
Chempionat Xalqaro bodibilding federatsiyasi (IFBB) qoidalari talablari asosida o‘tkazildi.