Habib Nurmagomedov Toshkentga keldi

Habib Nurmagomedov Toshkentda mehmon bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 26-may – Sputnik. Rossiyalik mashhur yakkakurashchi, Habib Nurmagomedov Toshkentda bo‘ldi. Ushbu tashrif haqida u o‘zining Instagramida xabar qilgan.

“Og‘alar shunday mehmodo‘stlik uchun rahmat! Toshkent biroz sovuq bo‘lsada, Iftorda tortilgan issiq Samarqand oshi qizdirdi”, - deb yozib qoldirdi rossiyalik yakkakurashchi.

Shuningdek, Habib Nurmagomedov Shavkat Mirziyoyevning kuyovlari Oybek Tursunov va  Otabek Umarov  bilan birga tushgan fotosuratini ham joylashtirgan.

Habib Nurmagomedovning keyingi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Ushbu post yozib qoldirilganiga atigi 4 soat vaqt o‘tgan bo‘lsada u 165 mingdan ortiq "layk" olgan.  

Bir necha soat oldin Habib Nurmagomedovni Toshkentdagi sport klublaridan birida mashg‘ulot o‘tkazayotgani suratlari paydo bo‘lgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedovni o‘zbekstonlik sportchilar bilan do‘stona aloqasi uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda. U amerikada yashab MakGregorga qarshi jangga tayyorlangan vaqtlarida ham tez-tez o‘zbekistonlik sportchilar bilan birga mashg‘ulot o‘tkazayotgani yoki birga ovqatlanayotgani suratlarini joylashtirib turardi. Ha aytmoqchi, Habib o‘zbekcha palovni ham juda yaxshi ko‘radi.