TOShKENT, 26-may – Sputnik. Urgutlik tadbirkor Ikromjon Berdiyev Moskvada ikki yildan buyon nisholda tayyorlab sotmoqda. Ramazonning ushbu tansiq taomiga Moskvada talab katta, deb xabar qildi Zarafshon nashri.
Tadbirkor aytishiga qaraganda, u nisholda sotib boyib ketishni emas hamurtlariga xotira ulashish orzusida ushbu ishni boshlagan ekan.
“Nisholdani tayyorlashdan maqsad, buning ortidan boyish emas, musofirlikdagi yurtdoshlarimizga Vatanning xotiralari, bir bo‘lagini ulashish. Nisholdani yeb, oz bo‘lsada Vatanda yurgandek bo‘lishadi, qolaversa sevgan ishimni biznesga aylantirdim”, - deydi Ikromjon Berdiyev.
Rossiyalik xaridorlar uchun ushbu yegulik yangi mahsulot bo‘lgani uchun ular qiziqib tatib ko‘rishmoqda. Shu bilan biz o‘zbek oshxonasining qanchalik boyligini ko‘rsatayapmiz, - deb qo‘shimcha qildi tadbirkor.
Ayni damlda nisholda non va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan "Halol luqma" korxonasidi ishlab chiqarilib, mavsumiy yemakligini ta’kidlab, asosan, bozorlar va do‘konlarga ulgurji tarqatilmoqda.
Arpabodiyon va yetmak kabi nisholda tayyorlash uchun kerakli o‘simliklarni uy tomonidan kim kelsa olib keladi. O‘zim urgutlikman, tog‘da yashaymiz, - deydi Ikromjon Berdiyev.