Ucell kompaniyaci direktori sof o‘zbek tilida maktab o‘quvchilariga murojaat qildi

Ucell kompaniyaci direktori Vladimir Kravchenkoning o‘zbek tilida gapirishiga internet foydalanuvchilari qoyil qoldi.
Sputnik

TOShKENT, 26-may – Sputnik. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 32 maktab o‘quvchilariga Ucell kompaniyasi tomonidan sovg‘alar topshirildi. Sovg‘alarni kompaniya direktori Vladimir Kravchenkoning shaxsan o‘zi topshirdi.

Ucell abonentlarga qulay bo‘lishi uchun 35 tiyindan voz kechdi

Sovg‘alarni topshirar ekan Kravchenko maktab o‘quvchilariga yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishni, bitiruvchilarga oliygohlarga kirishda omad tiladi.

Shundan so‘ng kompaniya direktori maktab o‘qituvchilariga ham o‘zining iliq so‘zlarini va kompaniya sovg‘alarini yetkazdi. Yusel rahbari o‘z nutqini "Ustoz - otangdan ulug‘" degan so‘zlar bilan boshlab, o‘qituvchilarga uzoq yillar davomida yosh avlodga bilim va tarbiya berishda charchamaslikni tiladi. 

Vladimir Kravchenko Ucell kompaniyasi tomonidan ushbu maktabga 1000dan ortiq kitoblar sovg‘a qilinishini, maktab  binosining har bir qavatiga Wi-Fi routerlari o‘natib ular orqali bepul internet tarqatishni hamda yangi o‘quv yilidan yangi kompyuter sinfxonasi ochib berishni va’da berdi.

Vladimir Kravchenko 1985-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan. U Toshkentdagi Vestminister universitetini tamomlab Uzmobile kompaniyasida ishlagan. 2018-yilning dekabr oyida Ucell kompaniyasi direktori v.b. lavozimiga tayinlangan.