O‘zingizni sinab ko‘ring: O‘zbekistonda ommaviy diktant o‘tkaziladi

Aksiya 28-may kuni soat 15:00da butun respublika bo‘ylab onlayn tarzida o‘tkaziladi. 25-may soat 12.04 holatiga ko‘ra, 3104 kishi undan ro‘yxatdan o‘tgan.
Sputnik

TOShKENT, 25-may - Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor o‘qituvchilari tashabbusi bilan o‘zbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash va yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Diktant.uz loyihasi amalga oshirilmoqda.

Nukuslik diktator iqrori: rus tiliga qiziqish, "o‘lik jonlar" va ayyor tinish belgisi

Ikkinchi marotaba tashkil etilayotgan ushbu loyiha mamlakatda istiqomat qilayotgan fuqarolarning yozma savodxonligini oshirishga qaratilgan.

Aksiya shu yilning 28-may kuni soat 15:00da Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan butun respublika bo‘ylab onlayn tarzida o‘tkaziladi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahrida Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida bosh shtab tashkil etiladi, hududlardagi OTMlarda ham shtablar tashkil etiladi.

Respublika bo‘ylab manzillar ro‘yxati mana bu yerda keltirilgan.

25 may soat 12.04 holatiga ko‘ra, 3104 kishi undan ro‘yxatdan o‘tgan. Aksiyada ishtirok etish istagini bildirganlar www.diktant.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.