Gulnora Karimovaning fuqaroviy eriga tegishli mulk auksionga qo‘yildi

Auksion 10-iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25-may - Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi - Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri ekani aytiladigan Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk – "Perfectum" savdoga qo‘yildi.

Shveysariya sudi Gulnora Karimova mablag‘laridan foydalanishni ta’qiqladi

Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrida joylashgan "Rubicon Wireless Communication" MChJ (Perfectum) uyali aloqa xizmati ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik subyektlaridan edi.

Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkaziladi. Mulkning boshlang‘ich narxi 205 milliard 587 million so‘m etib belgilangan.

Auksion 10-iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Gulnora Karimovaning sobiq eri uning millionlariga da’vo qilmoqda >>>

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimovaning sobiq eriga tegishli 7 mlrd so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.