O‘zbekiston maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" vaqti 1 soat etib belgilandi

25 may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri respublikadagi barcha maktablarda ertalab soat 8:00da boshlanib 9:00 da tugatiladi.
Sputnik

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2018-2019 o‘quv yilini yakunlash va "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mamlakatdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2018-2019 o‘quv yilini yakunlash hamda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:

Toshkentdagi 17-maktab o‘quvchilarining ota-onalari jarimaga tortildi

* umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini joriy yilning 25-may kuni ertalabki soat 8:00 da “Mening maktabim – mening uyim” shiori ostida tashkil etish;

* tadbirni faqatgina 1- va 11-sinflar ishtirokida 1 soat davomiylikda o‘tkazish (9-sinf o‘quvchilari bitiruvchi hisoblanmaydi).

* “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarining maktab hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash;

* bitiruvchi o‘quvchilarning maktab formasidan tashqari, turli liboslar hamda lentalar taqib olishini oldini olish.

* “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘lari yig‘ilishini qat’iyan taqiqlanadi;

* umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.k.da banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi;

XTV maktablarga ota-onalardan tilxat olishga ko‘rsatma bermaganini ma’lum qildi

* tadbirni tashkil etishda maktabning “Kuzatuv kengashi” a’zolari faol ishtirok etishi bilan bir qatorda yuqorida keltirib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan nazorat olib boradi.

* Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ssenariysini tuzishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.

"So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ta’lim muassasasining rahbari boshchiligida, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, o‘qituvchi-murabbiylar, yoshlar yetakchilari tomonidan rejalashtiriladi.

Tadbirni tashkil etishda Xalq ta’limi vazirligining tavsiya va ko‘rsatmalariga asoslanish, taklif etilgan mehmonlar, ota-onalar uchun qulay joy tanlash, sanitariya va gigiyena, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.