Sherlar to‘dasi boshlig‘i ovqat so‘ragan qavmdoshining umurtqasini sindirdi - video

Keniya janubi-g‘arbidagi qo‘riqxonada sayyohlar sherlar to‘dasi boshlig‘ining yosh sherga g‘azab bilan qilgan hujumini videoga olishdi. Shervachcha o‘z qavmdoshi hujumidan so‘ng qattiq lat yedi
Sputnik

Guvohlar tomonidan olingan video YouTube dagi ommabop Caters Clips kanalida joylashtirilgan.

Rolik muallifi so‘zlariga ko‘ra, sherlar to‘dasi boshlig‘i ovqatlanayotgan bo‘lgan. Qaysidir onda sobiq to‘da boshlig‘ining o‘g‘li unga yaqinlashishga jazm qilib, ovqatiga sherik bo‘ladi. Shu payt erkak-sher bir sakrab shervachchaga yetib oladi va bitta zarba bilan uning umurtqasini sindiradi. Hujum shu qadar tez va shafqatsiz ediki, yosh sherning orqa oyoqlari ishlamay qoladi. 

Turist so‘zlariga ko‘ra, shervachchada jon saqlab qolish uchun imkoniyat yo‘q edi, hisob.