“Men o‘zimni sevaman”: Braziliyalik ayol o‘ziga turmushga chiqishga ahd qildi

Braziliyalik ayol mamlakatdagi o‘ziga o‘zi turmushga chiqqan ilk ayol bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Braziliyalik ayol mamlakatdagi o‘ziga o‘zi turmushga chiqqan ilk ayol bo‘ladi. Bu haqda Estado de Minas nashri xabar qilmoqda.

Hindistonda kelinsiz to‘y o‘tkazildi – kuyov baxtli

Xabarda yozilishiga ko‘ra, Braziliyaning Belu-Orizonti shahrida istiqomat qiluvchi Jussara Dutra Kotu ismli ayol o‘ziga turmushga chiqishga ahd qilgan. “Nikoh” marosimi yakshanba, 26-may kuni bo‘lib o‘tishi kerak.
Marosim kelinning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. 39 yoshli ayolni mehrob oldiga uning 21 yoshli qizi olib boradi. Nikoh marosimi kelinning dugonasi tomonidan o‘tkaziladi.

Ayol barcha kelinlardek oppoq libos kiyadi. E’tiborlisi shundaki, ayol nikoh uzugi o‘rniga kapalak qanotli qiz shaklidagi tatuirovka qildirishni rejalashtirgan. Bu erkinlik razmi bo‘lishi ta’kidlangan.

“Insonning o‘ziga bo‘lgan muhabbati – bu eng samimiy muhabbat”, - deya ma’lum qilgan Jussara.

Qayd etish joizki, nikoh rasman ro‘yxatga olinmaydi, chunki bunga Braziliya qonunchiligi yo‘l qo‘ymaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Gujarat shtatida qarindoshlar 27 yoshli Adjay Barotning to‘yini kelinsiz o‘tkazib berishgani xabar qilingan edi.