Koinotning turli burchaklarida Ramazon oyining o‘zgacha shukuhi

Sputnik

Ayni damda dunyo uzra farahbaxsh Ramazon oyi o‘zining fayzu futuhi bilan kezmoqda. Muqaddas Ramazon oyi koinotning turli burchaklarida o‘zgacha shukuh, xursandchilik va ibodat ila qarshi olinmoqda.

Ramazon Qur’on tilovati, zikr va istig‘for oyidir. Ramazon oyida ro‘za ibodatining ado etilishi bu oyga fayz baxsh etadi. Ro‘za ibodati – musulmon kishining tong otgandan quyosh botgunicha niyat bilan yeyish-ichishi va jinsiy aloqadan tiyilishi.

Sputnik O‘zbekiston ushbu muqaddas oyda koinotning turli burchaklaridagi Ramazon shukuhi tasvirlangan fotojamlanmani e’tiboringizga havola etadi.

1 / 13
Musulmonlar Manama shahrida muborak Ramazon oyida dasturxonga taom tortishmoqda. Bahrayn.
2 / 13
Qohirada "Al-Ahzar" masjididagi taroveh namoziga kelgan qizaloq. Misr.
3 / 13
Ramazon oyida Jakartadagi "Istiqlol" masjidida musulmonlar juma namozidan so‘ng hordiq chiqarishmoqda. Indoneziya.
4 / 13
Karachida musulmonlar muqaddas Ramazon oyining ilk juma namozini ado etishmoqda. Pokiston.
5 / 13
Muborak Ramazon oyida Qur’on tilovat qilib, ibodat qilayotgan ayol. Iroq.
6 / 13
Qohiradagi "Al-Azhar" masjidida musulmonlar muqaddas Ramazon oyida iftorlik qilishmoqda. Misr.
7 / 13
Ramazon oyining ilk kuni. Istanbuldagi tarixiy Sultonahmad tumanida odamlar iftorlik oldidan. Turkiya.
8 / 13
Ramazon oyining ilk juma kuni "Jamia" masjidida namoz o‘qish uchun yig‘ilganlar. Keniya.
9 / 13
Jokartadagi "Jogokariyan" masjidida ro‘zador musulmonlar uchun Ramazon oyida iftorlik taomini hozirlayotgan indoneziyalik ayol. Indoneziya.
10 / 13
Mazori Sharif shahridagi masjid hovlisida Ramazon oyida ichimlik ichayotgan afg‘on bolalari. Afg‘oniston.
11 / 13
Somali musulmonlari Ramazon oyidagi iftorlik chog‘ida. Somali.
12 / 13
Dakka shahridagi "Baytul Mukarram" masjidida ko‘ngilli ro‘zadorlar tanavvul qilishlari uchun taom tortmoqda. Bangladesh.
13 / 13
Ravalpindi shahrida tunggi taroveh namoziga tayyorgarlik ko‘rish uchun joynamoz olib ketayotgan pokistonlik musulmon. Pokiston.