Dog‘istonda uch nafar terrorchi yo‘q qilindi

Sultan-Yangi-Yurt qishlog‘ida joylashgan noturar xususiy uyni ko‘zdan kechirish vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari terrorchilar tomonidan o‘qqa tutiladi.
Sputnik

TOShKENT, 24-may - Sputnik. Dog‘istonda uch nafar terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Xabarda yozilishiga ko‘ra, terrorchilar Dog‘istonning Kizilyurt tumanida tekshirish tadbirini o‘tkazish chog‘ida yo‘q qilingan. Sultan-Yangi-Yurt qishlog‘ida joylashgan noturar xususiy uyni ko‘zdan kechirish vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari terrorchilar tomonidan o‘qqa tutiladi. Shu bois ular javob zarbasini berishadi.

Vladimirda ikki nafar terrorchi yo‘q qilindi

Hodisa joyidan qurol-yaroq va o‘q-dorilar topilgan.

Ta’kidlanishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari zarar ko‘rmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Vladimir viloyatida maxsus kuchlaryordamida 2 nafar terrorchi qo‘lga olish vaqtida yo‘q qilingani xabar qilingan edi.

Rossiya FXX yil boshidan buyon bir necha yashirin guruhlarini aniqlab, ularni zararsizlantirishga va rejalashtirilayotgan teraktlarning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, 23-aprel kuni Maxachkalada va Grozniy shaharlarida 5 kishidan iborat guruh qo‘lga olindi, 12-aprel kuni Tumenda 2 nafar terrorchi yo‘q qilindi.

Mart oyi oxirida Stavropolda terrorchilikda gumon qilingan dog‘istonlik fuqaro ushlandi, undan biroz oldin Stavropolda 2 nafar terrorchi yo‘q qilingan edi. 13-mart kuni Samara viloyatida taslim bo‘lishni rad etgan terrorchi yo‘q qilindi. 1-mart kuni Xanti-Mansiyskda 3 nafar terrorchi  qo‘lga olingan edi. 27-fevralda Kabardin-Balkariya o‘lkasining Nalchik shahrida 3 nafar terrorchi yo‘q qilindi, 19-fevralda Dog‘istonda bir nafar terrorchi yo‘q qilindi.