TOShKENT, 23-may – Sputnik. O‘zbekiston - Koreya Xalq Demokratik Respublikasi jamoalari o‘rtoqlik o‘yinini turkmanistonlik hakamlar boshqaradi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Mazkur o‘yinni turkmanistonlik Chorimurod Qurbonov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Polvon Polvonov va Ahmad Begnazarov yordam berishadi.
O‘zbekiston - KXDR o‘rtoqlik uchrashuvini turkmanistonlik hakam boshqaradi
© Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasining KXDRga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 7-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00da Toshkentdagi "Milliy" stadionda bo‘lib o‘tadi.