Turkiya S-400ni o‘rganish uchun Rossiyaga askarlarini yubordi

AQSh ultimatumiga javoban, Turkiya S-400 bitimi amalga oshib bo‘lganini va askarlarini Rossiyaga o‘qishga yuborganini xabar qildi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Turkiya S-400 zenit-raketa tizimlaridan foydalanishni o‘rganish uchun Rossiyaga o‘z harbiylarini jo‘natdi, deb xabar qildi Turkiya Milliy mudofaa vaziri Xulusi Akar. Bu haqida Millyet nashri xabar qilmoqda.

“Bizning askarlar bugundan boshlab bir necha oy davomida Rossiyada S-400 tizimidan foydalanishni o‘rganishadi. Bu fakt”, - dedi Turkiya Mudofaa vaziri.   

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin AQSh Turkiyaga ultimatum e’lon  qilgan edi. CNBC yozishiga ko‘ra Turkiya 2 hafta ichida S-400 dan voz kechib “Patriot” tizimini xarid qilishi kerak. Aks holda uni “jiddiy oqibatlar” kutmoqda.

Iroq ham S-400 sotib olishga qaror qildi

Rossiya va Turkiya orasida umumiy qiymati 2,5 milliard dollar bo‘lgan 4 komplekt S-400 tizimini yetkazib berish haqida shartnoma 2017-yilning iyul oyida imzolangan edi. Shartnomaga ko‘ra zenit-raketa tizimining birinchi partiyasi Turkiyaga 2019-yilning iyul oyida yetkazib berilishi kerak.

AQShnig qarshiligini ham tushunsa bo‘ladi: birinchidan, ular “ko‘rinmas” deb e’lon qilgan eng yangi F-35 samolyotlari S-400 radarida ko‘rinib qolishidan qo‘rqsa, ikkinchidan ham Rossiya ham AQSh zenit-raketalariga ega bo‘lgan Turkiya ularni yonma-yon qo‘yib sinab ko‘rishi imkoni paydo bo‘lishi va ushbu sinovda Patriot yutqizib qo‘yishidan qo‘rqadi. Agar shunday bo‘lsa AQSh jahon qurol-yarog‘ bozorida ham F-35 ham Patriot xaridorlaridan mahrum bo‘lib qolishi mumkin.