Ozarbayjon prezidentining qizi Samarqandga keldi

Laylo Aliyeva Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Ozarbayjon prezidentining to‘ng‘ich qizi Laylo Aliyeva Samarqandga keldi. Bu haqda Uzbekistan.travel Telegram-kanali xabar qildi.

U Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Ulug‘bek rasalxonasi va Bibixonim masjidi bilan tanishishdi.

Ozarbayjon prezidentining qizi Samarqandga keldi

Shuningdek, Samarqand palovini tatib ko‘rdi, taom unga juda ma’qul keldi.

Laylo Aliyeva, tarixi, madaniyati va taomlari bilan mashhur bo‘lgan Samarqandga yana kelish niyati borligini aytib o‘tdi.