Moskvada migrantlar o‘quvchilarni yerto‘lada ishlashga majburladi

Yetti nafar ishchi voyaga yetmagan bolalarni bir necha soat davomida Moskvadagi qurilishlardan birida kuch bilan ushlab turishdi va ishlashga majburlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Moskvaning Golyanovo tumanida migrantlar uch nafar o‘quvchini yerto‘laga aldab yo‘li bilan olib kirishadi va hovuz uchun chuqurlik qazishga majburlashadi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Tergov qo‘mitasiga tayanib xabar qilmoqda.

Rossiyada bolalarga nos sotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘quvchilarni ishlashga majburlagan shaxslar qo‘lga olingan.

“REN TV” telekanali xabariga ko‘ra, o‘quvchilarni ishlashga tojikistonlik migrantlar majburlagan.

Hozirda hodisa tafsilotlari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. Voqea joyini tergovchilar ko‘zdan kechirgan va guvohlarni so‘roq qilishgan.