Moskva viloyatida mast ruhoniy monaxni pichoqladi

Ruhoniy mast holatda monaxga tashlanib, unga pichoq bilan bir necha marta zarba beradi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Troitse-Sergiyev Lavra cherkovi ruhoniysi qo‘lga olindi. U monaxga hujum qilishga gumon qilingan. RIA Novosti xabariga asosan.

Moskvada FSB podpolkovniki kaltaklandi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ruhoniy 62 yoshli monaxni cherkovga kelgan fuqarolar tomonidan berilgan pulni o‘zlashtirishda gumonsiraydi.

Ruhoniy mast holatda monaxga tashlanib, unga pichoq bilan bir necha marta zarba beradi.

Jarohatlangan monax shifoxonaga yetkazildi.

Politsiya ruhoniyni hibsga oldi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.