Kupalniklarga - yo‘q, faqat ezgulik: "Koinot ko‘rki" festivaliga tanlov boshlandi

Qizlarning kupalniklarda chiqishi bekor qilindi, buning o‘rniga sohibjamollar Yer tabiatini qanday asrash va saqlash mumkinligi, dunyoda ezgulik ko‘payishi uchun nima qilish kerakligi haqida so‘zlaydilar
Sputnik

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Shu bugun dunyoning turli burchaklarida "Koinot ko‘rki - 2020" to‘rtinchi xalqaro go‘zallik tanloviga kasting boshlandi. Bu haqda tanlov matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi mavsumda loyiha o‘z formatini to‘liq o‘zgartirgan va endilikda tanlov go‘zallik tanlovi sifatida emas, balki go‘zallik va ijod festivali sifatida namoyon etadi.

Tanlovda bo‘yi 165 smdan yuqori, 18dan 30 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy-faol qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Toshkentda o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida qozog‘istonlik model g‘olib bo‘ldi >>>

Ishtirokchilarning oilaviy ahvoli ahamiyatga ega emas, ammo farzandi bo‘lgan ayollar festivalda ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi.

Ishtirok etishni xohlovchi qizlardan festivalning http://www.beautyofuniverse.com/registration saytida anketani to‘ldirish talab etiladi.

Aytgancha, tanlovdagi qizlarning kupalniklarda chiqishlari bekor qilindi, uning o‘rnini - ijodiy tanlov egalladi. Festival g‘olibalari hay’at a’zolariga turli ilmoqli savollar berishlari, shuningdek, Yer sayyorasi tabiatini asrash hamda dunyoda ezgulik ko‘proq, negativ kamroq bo‘lishi uchun nima qilish lozimligi haqida o‘z videomateriallarini taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

Har bir o‘zbek ayoli malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent go‘zali bilan intervyu >>>

2020 yilda ushbu tanlov o‘zining ilk yubileyini nishonlaydi (2015-2020), shu bois xalqaro festival finali Kannlarda, Fransiyada, Festivallar va kongresslar saroyida bo‘lib o‘tadi.