Dunyoning eng go‘zal ayollari: podiumda va hayotda

Sputnik

Aytgancha, go‘zallik tanlovlari bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladi va allaqachon zamonamizning eng asosiy madaniy voqeasiga aylangan.

1 / 10
Azra Akin – "Dunyo go‘zali – 2002" hozirda mashhur emas. Sohibjamol turmushga chiqib, farzandlari dunyoga kelgach, bor bo‘sh vaqtini oilasiga bag‘ishlashga qaror qilgan.
2 / 10
"Koinot go‘zali 2005" Natalya Glebova hozirgi kunda Kanadada yashaydi, kitob yozadi. Aytgancha, uning oxirgi kitobi Kanadada bestsellerga aylangan. Sohibjamol sog‘lom turmush tarzi tarafdori - yoga bilan muntazam shug‘ullanadi.
3 / 10
2008 yilda "Dunyo go‘zali" bo‘lgan Kseniya Suxinova esa - model va teleboshlovchi, Moskvaning Barvixasida o‘tadigan yopiq tadbirlarda faxrli mehmon sifatida ko‘p qatnashadi, bloger sifatida shuhrat qozongan.
4 / 10
Yuy Vensya – "Dunyo go‘zali - 2012" tanlovi g‘olibasi. Boshqa go‘zallarga qaraganda, ijtimoiy tarmoqda muxlislari soni kam. Yuy oddiy hayot kechiradi - sayohat qilishni yaxshi ko‘radi, ishlaydi va sport bilan shug‘ullanadi.
5 / 10
Oliviya Kalpo – "Koinot go‘zali – 2012" - haqiqiy selebriti. AQShda restoranga, liboslar brendiga va butun dunyo bo‘ylab 4 milliondan ortiq fanatlarga ega.
6 / 10
Gabriyela Isler – "Koinot go‘zali - 2013" g‘olibasi. Choose You harakati asoschisi, motivatsiya bo‘yicha notiq. Sohibjamol butun dunyoni kezib, sog‘lom ovqatlanish va yaxshi yashash sirlari haqida hikoya qilgan.
7 / 10
Paulina Vega - 2014-yilda "Koinot go‘zali" unvonini olgan. Teleboshlovchi, aktrisa va model. Instagramda 5 millionga yaqin kuzatuvchilarga va son-sanoqsiz muxlislarga ega.
8 / 10
Rolin Shtraus – "Dunyo go‘zali – 2014" - kasbi shifokor va bugungi kunda turmush o‘rtog‘i hamda farzandlari bilan Fransiyada istiqomat qiladi, ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilariga sog‘lom hayot tarzi haqida hikoya qilib boradi.
9 / 10
Mireya Lalaguna – 2015-yilda "Dunyo go‘zali" unvoniga sazovor bo‘lgan. Hozir Ispaniyada istiqomat qiladi. Model, aktrisa, sayohat qilishni yaxshi ko‘radi. U o‘z hayotini Instagram da yoritib boradi.
10 / 10
Yana Dobrovolskaya – "Rossiya go‘zali - 2016" Tumenda xususiy modellar maktabini ochgan. Instagramda ham blog yuritadi.