Bosh vazir qabulxonalari kotibiyatiga mudir tayinlandi

Tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari prezident farmoni bilan tashkil etilgan.
Sputnik

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Bosh vazir qabulxonalari kotibiyatiga mudir tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etildi

Hukumat qarori bilan G‘olibsher Meliboyevich Ziyayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Tadbirkorlik murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari prezident farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, tadbirkorlarni hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazish qabulxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.