O‘zbekistonga bir necha avtomobil ishlab chiqaruvchilar kerak emas - iqtisodchi

O‘zbekiston yana bir necha avtomobil ishlab chiqaruvchilarga dosh bera olmaydi, deb hisoblaydi mutaxassis.
Sputnik

TOShKENT, 22-may - Sputnik. Taniqli iqtisodchi Yuliy Yusupov fikriga ko‘ra, O‘zbekiston avtosanoatini rivojlantirishning yagona to‘g‘ri yo‘li – bojxona soliqlarini kamaytirib, erkin raqobatga yo‘l ochib berishdir.

O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

“Nega har safar raqobat deganda O‘zbekistonda avtomobil sanoatida yangi korxonalar qurish nazarda tutiladi? Men buni tushuna olmayman va bu katta xatodir. Biz yana bir necha avtomobil zavodiga dosh bera olmaymiz. Ular bizga kerak emas. Axir bu sohada “masshtab qoidasi” yaxshi ishlaydi. Ya’ni zavod qancha katta bo‘lib, qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarsa – uning narxi shuncha arzon bo‘ladi. Kichik zavodlarda mahsulot narxi doim yuqori bo‘ladi!”, - deydi Yuliy Batirovich.

Iqtisodchi fikriga ko‘ra, O‘zbekiston bozorida avtomobillar import bojlari miqdorini “mantiqiy mos” darjagacha pasaytirish kifoya. O‘shanda xaridorlarda tanlash imkoniyati, avtosanoatda – raqobat va budjetda – daromad paydo bo‘ladi.

Bundan faqat korupsiyachilar, raqobatbardosh ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olmaydigan samarasiz boshqaruvchilar yutqizadi xolos, - deydi iqtisodchi.