TOShKENT, 22-may – Sputnik. Bugun tongda Rossiyaning Vladimir viloyati Kolchugino shaharchasida maxsus kuchlar yordamida 2 nafar terrorchi, qo‘lga olish vaqti yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ular terrorchi tashkilotlardan birining a’zosi bo‘lgan va xorijiy emissarlar yordamida portlovchi moslama tayyorlab uning yordamida odam gavjum joyda terakt uyushtirishni rejalashtirgan.
Terrorchilar qo‘lga olish vaqti qurolli qarshilik ko‘rsatgan va maxsus kuchlar tomonidan zararsizlantirilgan. Ular yashagan uydan qurol-yaroq va qo‘lbola portlovchi moslama topilgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya FXX yil boshidan buyon bir necha yashirin guruhlarini aniqlab, ularni zararsizlantirishga va rejalashtirilayotgan teraktlarning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, 23-aprel kuni Maxachkalada va Grozniy shaharlarida 5 kishidan iborat guruh qo‘lga olindi, 12-aprel kuni Tumenda 2 nafar terrorchi yo‘q qilindi.
Mart oyi oxirida Stavropolda terrorchilikda gumon qilingan dog‘istonlik fuqaro ushlandi, undan biroz oldin Stavropolda 2 nafar terrorchi yo‘q qilingan edi. 13-mart kuni Samara viloyatida taslim bo‘lishni rad etgan terrorchi yo‘q qilindi. 1-mart kuni Xanti-Mansiyskda 3 nafar terrorchi qo‘lga olingan edi. 27-fevralda Kabardin-Balkariya o‘lkasining Nalchik shahrida 3 nafar terrorchi yo‘q qilindi, 19-fevralda Dog‘istonda bir nafar terrorchi yo‘q qilindi.