TOShKENT, 22-may – Sputnik. Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi Zetta elektromobil dekabr oyida sotuvga chiqadi.
Uning narxi 450 ming rubl bo‘ladi.
Elektromobil 200 kmga yetadigan batareya bilan jihozlangan.
Yil yakuniga qadar 10 yaqin tajriba-sanoat namunalari paydo bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “O‘zavtosanoat” kompaniyasida maxsus guruh elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish ustida ish olib bormilayotgani haqida xabar qilingandi.
O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi ishlab chiqilishi haqida ma’lum qilingandi.