O‘zbekiston musulmonlari idorasi: 15 kunda 5 ming savol-javob qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi koll-markazi tomonidan ro‘za tutish bilan bog‘liq savollariga javob olish imkoniyati yo‘l qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan tashkil etilgan koll-markazga 5 mingdan ziyod savol kelib tushdi.

Toshkentda muhtasham masjid ochildi – fotosuratlar

“O‘tgan vaqt mobaynida mo‘min-musulmonlarimizda bunday diniy-ma’rifiy xizmatga juda katta ehtiyoj mavjudligi yaqqol ko‘rindi. Sababi, e’lon qilingan markaz telefon raqamlari bir soniya bo‘lsa-da tin olgani yo‘q. O‘tgan 15 kun ichida ulamolar tomonidan 5 mingdan ziyod savol-javob qilingani fikrimizni yanada quvvatlaydi”- deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, mo‘min-musulmonlar tunu kun 24 soat davomida (ibodat vaqtlaridan tashqari) o‘zlarining ro‘za tutish bilan bog‘liq shar’iy savollariga javob olish imkoniyati yo‘lga qo‘yilishi juda katta qulaylik bo‘ldi.

2019 yil 6-maydan muborak Ramazon oyi boshlandi.

Bu oyni dunyoning barcha mo‘’min-musulmonlari ham o‘zgacha shukuh, xursandchilik va tilovat bilan o‘tkazishadi. Ezgulik va saxovat ila yordamga muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatiladi.

O‘zbekistonda Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti qarori e’lon qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2019-yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori e’lon qilingandi.