Muftiy Usmonxon Alimovning AQShga tashrifi qanday o‘tmoqda

AQSh Tinchlik institutida davra suhbat va tadbir ishtirokchilari uchun iftorlik uyushtirildi.
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Muftiy Usmonxon Alimov 21-may kuni Vashingtondagi AQSh Tinchlik institutida tashkil etilgan davra suhbatida nutq so‘zladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbir O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va AQSh Tinchlik instituti tomonidan tashkil etildi.

Muftiy Usmonxon Alimovning AQShga tashrifi qanday o‘tmoqda

Tadbir O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va AQSh Tinchlik instituti tomonidan tashkil etilgan.

Tadbir O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi va AQSh Tinchlik instituti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda Usmonxon Alimov O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy va e’tiqod erkinligi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

“Davra suhbati ishtirokchilari — ekspertlar, tahlilchilar va soha mutaxassislari tomonidan O‘zbekistondagi “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” tamoyili iliq qarshi olindi va amalga oshirilayotgan ilohotlarga yuqori baho berildi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidagi Oliy Majlis a’zolari – Senat Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov va Qonunchilik palatasi a’zosi, Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov ham davra suhbatida so‘zga chiqishdi va e’tiqod erkinligi borasidagi savollarga batafsil javob berishdi.

20 may kuni Tinchlik instituti tomonidan tadbir ishtirokchilari uchun iftorlik ham uyushtirildi.