TOShKENT, 22-may - Sputnik. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyi mobaynida Moskva shahrida mehnat migrantlari patentlari to‘lovidan olingan daromad qariyb 5,6 milliard rublni tashkil qildi. Bu haqda Moskva hukumati matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Moskva ko‘p tarmoqli migratsiya markazida 2018-yilda Moskva shahrida ishlash uchun 451,6 ming dona mehnat patentlari berilgan va patent to‘lovlaridan poytaxt budjetiga tushgan daromad 17,4 milliard rublni tashkil etgan.
Rossiya vizasiz migrantlarga yangi tartib joriy etmoqchi
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 1-yanvardan Moskva shahrida migrantlar uchun patent to‘lovi narxi 4,5 mingdan 5 ming rublgacha oshirildi.