Halol standarti bo‘yicha O‘zbekistonda ilk mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Samarqandda Sahid Imam Al-Bukhari mehmonxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Samarqandda Sahid Imam Al-Bukhari mehmonxonasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Indoneziyaning Sahid Group kompaniyasi prezidenti Hariyadi Sukamdani va kompaniyaning boshqaruvchi direktori Viva Herlambang Imom al-Buxoriy majmuasida hududida SAG kompaniyasi bilan hamkorlikda mehmonxona qurilishiga start berishdi.

Halol standarti bo‘yicha O‘zbekistonda ilk mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Bu jahon Halol standarti bo‘yicha O‘zbekistonda ilk mehmonxona bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, birinchi bosqichda 100 xona tashkil etish, keyingi 5-yillikda xonalar sonini 300 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, mehmonlar SAHID boshqaruviga o‘tkaziladigan Samarqand shahridagi Sahid Royal Palace mehmonxonasi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Halol standarti bo‘yicha O‘zbekistonda ilk mehmonxona qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Marosimdan so‘ng mehmonlar Imom al-Buxoriy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi bilan tanishib, Imom al-Buxoriy qabrini ziyorat qilishdi.