Dunyodagi eng g‘amgin hikoya yoxud donor qizaloq uchun kuylangan qo‘shiq – video

Shifokorlarning ota-onasi uning organlarini muhtoj bo‘lganlar uchun qurbon qilgan jajji qizaloq sharafiga qo‘shiq kuylashi internet foydalanuvchilarining yurak-bag‘rini tilka-pora qildi.
Sputnik

E’tiboringizga havola qilinayotgan videoda shifokorlar 22 oylik jajji qizaloqni jarrohlik bo‘limiga olib kirib ketayotgani tasvirlangan. Ular qizaloq sharafiga Amazing Grace qo‘shig‘ini kuylashdi.

Koralin Sobolikning miyasi qattiq jarohatlangan. Shu bois uning ota-onasi boshqa kishilar hayotini saqlab qolish maqsadida qizaloqning barcha organlarini donor sifatida olishlarini vasiyat qilishdi.

“Men seni hamisha yaxshi ko‘raman. Sen uch kishi hayotini saqlab qolasan”, - deya fig‘on qiladi uning onasi.

Bir kun ilgari Koralin dahshatli virusga qarshi kurashdi, bugun esa uning miyasi ishdan chiqdi. Qizaloqning jigari, yuragi va buyraklari ushbu organlarga muhtoj bo‘lganlarga ko‘chirib o‘tkazildi. Shu tariqa qizaloq uch kishiga yangi hayot baxsh etdi.

Inson yurak-bag‘rini pora qiluvchi video ko‘p muhokama sabab bo‘ldi va foydalanuvchilar qizaloqning ota-onasiga tasannolar aytishdi.