“Bu hali holva”: Poroshenkoga qarshi yana bir jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashish prokuraturasi Poroshenkoga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 22-may – Sputnik. Ukrainada sobiq prezident Potr Poroshenkoga nisbatan yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Boshlandi”: Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Xabarda yozilishiga ko‘ra, Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashish prokuraturasi Poroshenkoga nisbatan jinoiy ish ochilganini ma’lum qilgan.

Sobiq prezidentning “Sentrenergo” OAJda lavozimlarni taqsimlashdagi harakatlarining qonuniyligi tekshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina davlat tergov burosi Ukraina sobiq prezidenti Potr Poroshenkoga nisbatan davlatga xiyonat ayblovi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgani xabar qilingan edi.