Og‘ir jinoyat: Toshkent viloyatida ayol kishining jasadi topildi

Hozirgi kunda og‘ir jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21-may – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Bekobod shahrida sodir bo‘lgan qotillik haqida xabar qildi.

Buxorolik 28 yashar yigit rashk sababli o‘z xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Xabarda aytilishicha, 20-may kuni soat 14:00 larda Bekobod shahar, O‘zbekiston mahallasi, Istiqbol ko‘chasi, 22-uyning ro‘parasida joylashgan chiqindixonada Bekobod shahar, Me’mor (Abbasova) ko‘chasida yashovchi fuqaro R.M.ning (1975 y.t., ayol kishi) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqdilar.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur og‘ir jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.