Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra, himoya o‘rmonzorlarini tashkil qilish uchun 1 ming 532 tonna saksovul va qoraburak urug‘lari tayyorlab qo‘yildi.
Qumdan himoya qilish maqsadida 67,4 km qamishdan himoya chiziqlari ekilgan.
Rejalashtirilgan umumiy maydondan (500 ming ga) 461 ming 60 ga ekish ishlari amalga oshirildi. Bu ishda 748 nafar xodim va harbiy xizmatchi hamda 460 qishloq xo‘jaligi texnikasi qatnashdi. Urug‘larni Mo‘ynoq tumanining butun aholisi yordam berdi.
Bu bilan ish to‘gamaydi – yana 15 ming gektar maydonda ekish ishlarini amalga oshirish zarur.