TIV fuqarolarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Instagram᾽da noma’lum shaxslarning Tumenda go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda yordam berish so‘ralgan videomurojaati tarqatilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21-may  — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarni ogohlantirdi.

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Instagram tarmog‘ida noma’lum shaxslarning Tumen shahrida go‘yoki fojiali halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi jasadini vatanga jo‘natish uchun mablag‘ yig‘ishda (hisob raqami ko‘rsatilgan) yordam berish so‘ralgan videomurojaati tarqatilmoqda.

“Rossiya IIVning Tumen viloyatidagi Boshqarmasi bergan xabariga ko‘ra, 2019-yilning 1-may kunidan boshlab olingan tezkor ma’lumotlarda O‘zbekiston fuqarosining vafot etgani/halok bo‘lgani to‘g‘risida axborot yo‘q”, - deyiladi TIV xabarida.

Shuningdek, TIV agarda O‘zbekiston  fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshi yoki tanishi chet elda yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan kishilardan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qilishini tavsiya qilgan.

Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda to‘rt nafar o‘zbekistonlik pichoqlandi

Ma’lumot uchun: Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2. Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.