Samarqand viloyatida kuchli sel ko‘plab xonadonlarga shikast yetkazdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Fay, Guliston mahallalari va Toshquvur qishloqlarida sel kelishi oqibatida ko‘plab xonadonlarga og‘ir shikast yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may – Sputnik. 18-19 may kunlari Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Fay, Guliston mahallalari va Toshquvur qishloqlarida sel kelishi oqibatida ko‘plab xonadonlarga og‘ir shikast yetdi. Bu haqda Zanews nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, ayrim aholi tomorqasi, ko‘chalar, Fay mahallasiga qarashli Ziyovuddin va Nurafshon kabi qishloqlarda sel bosgan. Hozircha jabrlangan va talofatlar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Samarqand viloyatida kuchli sel ko‘plab xonadonlarga shikast yetkazdi

“18 may kuni Qoratepa, Toshquvur qishloqlarining aholisi kechasi soat 22:00 dan boshlab zudlik bilan yaqin tog‘ ustiga ya’ni, "Orom" va "Visol" to‘yxonalariga evakuatsiya qilingan. Fay mahallasi aholisi esa 19-may tongi soat 02:40 da zudlik bilan mahallaga yaqin qir-adirga chiqishgan”, - deyilgan xabarda.

Samarqand viloyatida kuchli sel ko‘plab xonadonlarga shikast yetkazdi

Tuman rahbariyati tomonidan sel oqibatlarini bartaraf etishning tezkor choralari ko‘rilmoqda.