Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti lavozimiga kirishdi

Zelenskiy Ukraina prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamod qildi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may - Sputnik. Ukrainaning yangi saylangan  prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy radaning tantanali majlisida o‘ng qo‘lini konstitutsiyaga qo‘yib, Ukraina xalqiga qasamod qildi

Konstitutsiyaviy sud raisi uning davlat rahbari lavozimiga kirishganini e’lon qildi.

Poroshenkoni Zelenskiyga hokimiyatni silliq topshirishga chaqirishmoqda

Zelenskiy o‘z nutqida Ukraina xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Ukraina Respublikasi prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga qasamod qildi.

Davlat rahbari lavozimiga kirishgan yangi prezident qasamod matnini imzolab, Konstitutsiyaviy sud raisiga topshirdi.

Vladimir Zelenskiy 21-aprel kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Petr Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi. U saylovda ishtirok etgan ukrainlarning rekord darajada 73,22 foiz ovozini olishga muvaffaq bo‘ldi.