“Paxtakor” OChLning keyingi bosqichiga chiqish uchun “Al-Ahli”ga qarshi bahs olib boradi

OChL guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun Shota Arveladze shogirdlariga durang ham kifoya qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Bugun OChL guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi safarda Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qildi.

Juda qiyin o‘yin: "Paxtakor" o‘z maydonida "Persepolis"ni mag‘lub etdi

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Jidda shahridagi "Qirol Abdulla" stadionida boshlanadi.

Ayni paytda "Paxtakor" jamoasi 8 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. "Al-Ahli" esa 6 ochko bilan 3-o‘ringa joylashgan. "Paxtakor" joylashgan "D" guruhida Qatarning "Al-Sadd" jamoasi 10 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 4-o‘rindagi "Persepolis"da 4 ochko bor.

Guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun Shota Arveladze shogirdlariga bugun durang ham kifoya qiladi.