TOShKENT, 20-may – Sputnik. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar veb-portalida avtomobillarni tuning qilish ruxsat berish to‘g‘risida petitsiya joylashtirildi.
Petitsiya muallifiga ko‘ra, rivojlangan avtomobil sanoatiga ega bo‘la turib, uning qo‘shma tarmoqlarini yonma-yon rivojlantirish zarur, misol uchun, avtomobillarni tuning qilish.
Mazkur masala davlat darajasida hal etilsa, sohani erkin rivojlantirish uchun sharoit yaratish, ushbu soha mutaxassislarining salohiyatini oshirish, havaskorlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi.
Transport vositalarini yanada yaxshilash va takomillashtirish - biznesni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, bu sohada noyob milliy brendlarni yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga xalqaro ko‘rgazma, tanlovlar, poygalar va shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda sifatli mahsulotni yaratishga qodir dizaynerlarning avlodini tarbiyalash imkonini beradi.
Hozircha petitsiya atigi 165 ovoz to‘pladi. Ovoz berish yakunlanishiga 86 kun qoldi.