O‘zbek bojxonachilari ko‘mir orasiga yashirilgan atirlarni aniqlashdi

Ko‘mir mahsulotlari yuklatilgan avtomashinada 3 dona qog‘oz karobkalarga joylashtirilgan parfumeriya mahsulotlari aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Farg‘ona viloyati “O‘zbekiston” chegara bojxona postida aniqlangan holat haqida xabar qildi.

Mazkur post orqali qo‘shni davlatdan kirib kelgan fukaro A.D boshqaruvidagi “SHAANXI” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

O‘zbek bojxonachilari ko‘mir orasiga yashirilgan atirlarni aniqlashdi

“Faqatgina ko‘mir mahsulotlari borligi ma’lum qilingan avtomashinada 3 dona qog‘oz karobkalarga joylashtirilgan, jami 71 dona sifati kafolatlanmagan parfumeriya mahsulotlari ham yashirilganligi ma’lum bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.