Murabbiy Nurmagomedovning eng xavfli raqiblari ma’lum qilindi

UFC amaldagi chempioni Habib Nurmagomedovning keyingi raqibi amerikalik sportchi Dastin Porye bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes  Habibning raqiblari kuchiga baho berdi. Sport RIA Novosti xabariga asosan.

Habib Nurmagomedovning keyingi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

“Habibning to‘rt potensial raqiblari haqida gapirar ekanman, yengil va eng xavfli bo‘lgan sportchilarni sanab o‘taman. Maks Xollouey Habib uchun eng yengil raqib bo‘ladi. Maks yaxshi bokschi, lekin unda yengil divizionda kuch yetmaydi”, - deydi Xavyer Mendes.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, keyingi sportchi Dastin Porye. U  chidamli va universal.

“Toni Ferguson – mening ikkinchi tanlovim. Uning tirsaklari juda xavfli. Nihoyat, Konor men uchun birinchi raqamli nomzod bo‘lib qoladi. Uning boksi uslubi o‘zgacha, bu uning asosiy imkoniyatidir”, - deb qo‘shimcha qildi Mendes.

UFC amaldagi chempionining keyingi raqibi amerikalik sportchi Dastin Porye bo‘ladi. Habib va Dastin jangini sentabr oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.