Google Huawei bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Bundan buyon Huawei smartfonlarida Android yangilanmaydi. Yangi chiqadigan smartfonlarda esa faqat Androidning ochiq kodli versiyasini o‘rnatish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Amerikaning Google korporatsiyasi Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatadi, deb xabar qilmoqla RIA Novosti, Reyterga asosan.

Bugungacha chiqarilgan smartfonlarda  Android ishlashda davom etadi, lekin yangilanmaydi.  Kelajakda esa Huawei smartfonlarida Google dasturlari, masalan  Google Play va Gmail o‘rnatilmayli, deyilgan xabarda.

Bunday choralar qabul qilishga AQSh Huawei va uning 70ta bo‘limini “AQSh milliy xavfsizligiga xavf solayotgani” uchun amerika kompaniyalari hamkorlik qilish ta’qiqlangan “qora ro‘yxatga” kiritishi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Markaziy razvedka burosi Yevropa mamlakatlarini Huawei ayni damda, dunyoda birinchilardan bo‘lib targ‘ib qilayotgan, 5G uyali aloqa tarmoqlaridan voz kechishga chaqirmoqda. Ularning fikriga ko‘ra Huawei o‘z uskunalari yordamida, Xitoy hukumati buyurtmasiga asosan maxfiy ma’lmuotlar to‘plashi mumkin.

Xitoy hukumati AQShning ushbu faoliyatini o‘z iqtisodiy maqsadlarini ko‘zlab amalga oshirilayotgan qadam va “katta xato” deb atadi.