O‘smir bola quduqqa tushib ketgan 3 yoshli qizaloqni qutqardi – video

Kattalar sig‘maydigan tor quduqqa tushib ketgan 3 yoshli qizaloqni yosh qahramon qutqarib qoldi.
Sputnik

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Moskvaning Marino bog‘ida yosh bola tor quduq ichiga tushib ketgan qizaloqni qutqarishda yordam berdi. Ushbu kadrlar suratga olingan video "Super Mamochki Odinsovo" guruhida joylashtirildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 3 yoshli qizaloq qopqog‘i mustahkam berkitilmagan tor quduq ichiga tushib ketadi. Yaqin joyda turga katta kishilar qizaloqni qutqarish uchun tezlik bilan qutqaruv operatsiyasini boshlashadi. Dastlab ular qizaloqqa uzun yog‘ochni tutqazishadi, lekin o‘z vaznini ko‘tarishga qizaloqning kuchi yetmaydi.

Shundan so‘ng ular yosh bolani kiyimlarini yechintirib, uning oyog‘idan ushlab turib, quduq ichiga tushirishadi. Bolaka quduq ichidagi qizaloqni qo‘lidan mahkam tutib chiqarib oladi.

Ushbu baxtsiz hodisadan so‘ng tuman aholisi Marino bog‘ini tekshirish haqida shahar meri nomina murojaatnom yozishga qaror qilishgan.