TOShKENT, 18-may – Sputnik. Amerikaning Jorjiya shtatida bir ayol dengiz qirg‘og‘idan g‘aroyib baliq topib oldi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Jorjiyalik ayol Seynt Saymons oroli qirg‘og‘ida farzandi bilan sayr qilib yurib, o‘lik baliqqa ko‘zi tushadi. Yaqinroq borgach esa, dengiz jonivorining tishlari xuddi odam tishlarini eslatishini ko‘radi.
Baliq og‘iz bo‘shlig‘ida bir necha qator yumaloq tishlar mavjud edi.
"Men shok holatiga tushdim, chunki shu paytga qadar bunaqasini ko‘rmaganman", - deydi ayol.
Mutaxassislarning izohiga ko‘ra, bu baliq - keypkod tovonbalig‘i, va bu baliqning tishlari juda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Dengiz jonivori uzunligi esa 75 santimetrgacha yetishi mumkin.