Belaruslik harbiylar Il-76md harbiy samolyotida Farg‘onaga uchib kelishdi

Ta’kidlanishicha, 22 nafar belarus harbiy xizmatchilari polkovnik Oleg Kostromin boshchiligida o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan o‘tkaziladigan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi
Sputnik

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Belarus Respublikasi harbiylari "Jangovar hamdo‘stlik—2019" hamkorlikdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Il-76md harbiy-transport samolyotida Farg‘ona aeroportiga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekistonda Belarus harbiylari bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Ta’kidlanishicha, 22 nafar belarus harbiy xizmatchilari polkovnik Oleg Kostromin boshchiligida o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan o‘tkaziladigan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi.

O‘quv mashg‘ulotlar 20—27 may kunlari Namangan viloyatidagi "G‘urumsaroy" poligonida bo‘lib o‘tadi va u ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etilmoqda.