Qozog‘istonda qizni hojatxonada zo‘rlashda gumon qilinuvchi shaxs hibsga olindi

Qizning nomusiga tegishda gumon qilinayotgan shaxs oilali va uch farzandni voyaga yetkazmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17-may — Sputnik. Olmaota shahar sudi apellyatsiya hay’ati "Medeu" baland tog‘ yaxmalagi hududidagi hojatxonada qizning nomusiga tegishda gumon qilinuvchiga nisbatan ehtiyot chorani o‘zgartirdi.

Ayollarni 19-martalab erga berishmoqda: Suriyada 6-yil yashagan qozog‘istonlik ayol hikoyasi

Sputnik Qozog‘iston xabariga ko‘ra, mazkur shaxs ilgari tergovoldi harakatlari vaqtida garov evaziga ozodlikka chiqarilgan.

Qayd etilishicha, uni hibsga olishga muqaddam bir necha marta sudlangani, xususan, shunga o‘xshash jinoyat sodir etganligi asos bo‘lgan.

Gumon qilinuvchi sud zalida qamoqqa olingan. Ayni damda sudgacha bo‘lgan surishtiruv ishlar o‘z nihoyasiga yetgan.

Medeu jamoatchilik hojatxonadagi nomusga tegish hodisasi

Mazkur jirkanch jinoyat joriy yilning mart oyida sodir etilgan. "NeMolchi" jamoatchilik fondining rahbari Dina Smailovaning so‘zlariga ko‘ra, qiz dugonalari bilan janjallashib qoladi va erta tongga yaqin telefon va pulsiz ketib qoladi.

Gumon qilinuvchi qizni uyiga eltib qo‘yishni taklif qiladi. O‘shanda yoshlar tanishib olishadi, ertasi kuni esa u qizni sayrga taklif qiladi. Qiz hojatxonaga yo‘l olganda yigit uni u yerdan chiqishini poylab turadi. Qiz u yerdan chiqmoqchi bo‘lgan uni kuch bilan hojatxonaga xonasiga kirgizadi. O‘z nafsining quli bo‘lgan yigit qizning nomusini poymol qiladi.

Jinoyatchi oilali va uning uchta farzandi bor.