Sirdaryoda yuk mashinalari to‘qnashishi oqibatida ikki yosh yigit halok bo‘ldi

“Gazel” yuk avtomashinasi haydovchisi jarohat olib voqea joyida, uning 19 yashar yo‘lovchisi esa kasalxonada vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 17-may - Sputnik. Sirdaryoda  viloyatida yuk mashinalari to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Samarqandda ro‘y bergan YTH haqida rasman xabar berildi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 15-may kuni 19 yoshli fuqaro boshqaruvidagi

“Gazel” rusumli yuk avtomashinasini Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumani hududida haydab ketayotgan vaqtda svetaforning qizil chirog‘iga to‘xtab turgan fuqaro boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

“Natijada “Gazel” yuk avtomashinasi haydovchisi jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi 19 yoshli B.K. kasalxonada vafot etganlar”, - deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.